Before you die, Live
Hayot. Hayot bizga berilgan eng buyuk neʼmat aslida, ammo biz bu neʼmatni vaqtida qadrlamaymiz, xuddi boshqa neʼmatlar kabi. Men ham shunday edim, hayotim men uchun zarracha ham muhim emasdi. Men shunchaki oʻlim va hayot oʻrtasida qolib ketgan sarson ruh edim, yashash zerikarli edi, hayotimda maʼno yoʻq edi, toki oʻsha kungacha. Oʻsha kun hayot qarshimdan uni chiqardi, menga hayotni sevdirgan, yashashni oʻrgatgan insonni, u mening nazarimda qanotsiz farishta kabi edi. Ammo har doim ham hammasi yaxshi ketavermaydi, baxtli lahzalar hamisha azob bilan birga keladi, yoki menda doim shunday boʻlgan. 15. 05. 2026. Italiya. Turin. --- Hoy Mire, — ortimdan eshitilgan ovoz sabab yurishdan toʻxtab, oʻgirildim, — Nega ketib qolding, axir meni kutib turishingni tayinlagan edim-ku? — yonimga yugurib kelgani uchun nafas olishga qiynalayotgan boʻlsa-da, tinmay gapirayotgan qizni eshitib oʻtirishni istamay tez tez yurgancha undan uzoqlashdim, u yana bir urinishi zoya ketgani uchun uh tortgancha, ortimdan baqirib qoldi. Aslida bugun mening birinchi oʻqish kunim, va boyaki qiz ertalabdan buyon ortimdan qolmay men bilan doʻstlashishga harakat qilyapti. U ham men kabi koreys millatiga mansub, u men Turin shahrida uchratgan ilk millatdoshim boʻlishiga qaramay negadir kun boʻyi undan oʻzimni olib qochishga, gaplariga eʼtibor bermaslikka harakat qildim. Bu u menga yoqmagani uchun emas balki meni aslida kimligimni bilgach u ham boshqa doʻstlarim kabi mendan nafratlanishini istamaganim uchun, meni oʻz yurtimdan olis -olislarga ketishga majbur qilgan oʻzligim sabab. Men oddiy qiz emasman, men butun Koreya nafratlanadigan ammo hech kim qarshi chiqishga jurʼat etolmaydigan shavqatsiz mafianing yagona qiziman. Koreyadagi barcha noqonuniy ishlar, jinoyatlar aynan mening "sevimli" otajonim sabab sodir boʻladi. Esimni taniganimdan buyon undan nafratlanaman, u qotil. Onamning qotili. Oʻsha kunni juda yaxshi eslayman, men oʻshanda sakkiz yoshda edim. Oʻsha kun bolalarcha begʻubor yuragim bilan orziqib kutgan tugʻilgan kunim, otam sabab onamning janozasiga aylangan kun, u mening koʻz oʻngimda bu dunyodagi yagona qadrli insonim, dunyoning eng chirkin qatlamida yashovchi insonlar orasida oʻzligini, mehrga toʻla yuragini saqlab qololgan nurimni mendan tortib olgandi. Soʻng u meni oʻzi bilan zulmatga botgan dunyosiga olib ketti, meni oʻzi kabi vaxshiy qilib tarbiyalashga harakat qildi. 20 yil...20 yil davomida u qilolgan yagona ish ichimdagi nafratni kuchaytirish boʻldi xolos, ammo men u kabi boʻlmadim, uning qorongʻuligiga ragʼman onamga bergan vaʼdamni unutmadim. Ular istagandek insonlarga manfaatli boʻlish uchun harakat qildim. Begunoh insonlarni jonini olmasdan yasholmaydigan maxluqning qizi shifokor boʻladi deb kim oʻylabdi deysiz. Men hayollarim ogʻushida piyodalar yolakchasidan oʻtar ekanman katta tezlikda kelib, meni majagʼlab tashlashiga bir bahya qolgan mashina ovozidan joyimda qotib qoldim. Ilk bor...ilk bor bu qadar kuchli qoʻrquvni his qildim. --- Hoy honim yaxshimisiz? Sizga hech narsa qilmadimi? — mashinadan tushib yonimga kelgan erkak meni titkilagancha, jarohat oldimmi yoʻqmi tekshira boshladi. --- Men...yaxshiman, — oʻzimni qoʻlga olib meni suyab turgan erkakni qoʻllaridan chiqib, yurishda davom etmoqchi edim u meni toʻxtatdi, — Ahvolingiz yaxshiligiga ishonchingiz komilmi? — endi uning yuziga etibor berdim. Qora sochlar, xuddi oʻsha rangdagi koʻzlar. Bir tekisda tortilgan jagʻ suyaklari, uning yuzini har bir qarichini diqqat bilan kuzatarkanman, u buni sezib nim tabassum qilgancha oʻzini tanishtirdi, — Men Kim Taehyungman. Bu qadar uzoq tikilib qolganingizdan kimligimni bilishni istaysiz deb oʻylayman. --- Axmoq, senga kim oʻzi haydovchilik guvohnomasini bergan? Koʻzing koʼrmi, — uning gaplaridan soʻng nima deyishni bilmay unga qarshi hujumga oʻtish toʻgʻri qaror deb oʻyladim. --- Boyaki ishim uchun uzr soʻrayman, sizni qoʻrqitib yubordim. Istasangiz shifoxonaga olib borishim mumkin, — erkak hamon oʻsha tabassum bilan meni gaplarimni eshitmagandek davom etdi. --- Yoʻlingdan qolma, — bor gʻazabimni shu ikki soʻzda jamlab ichimdan chiqardim va yoʻlimda davom etdim. Yurib ketar ekanman yigitni hamon menga tikilib turganini sezib turardim, yigit qolgan yoʻlakni tark etib boshqa koʻchaga kirganimda esa ortimdan mashinaning signal ovozini eshitdim, bu yana oʻsha. --- Xonim mashinaga chiqing, sizni ketayotgan joyingizgacha olib borib qoʻyaman, — u mashinasini qadamlarim bilan barobar haydarkan gapirdi. Men esa uni eshitmagandek yurishda davom etdim. --- Javob berishni istamaysizmi? Yaxshi unda siz ham men ham gapirmaymiz, menga shu zaylda ketish ham maʼqul, — u voz kechmasligini tushunib toʼxtadim, — Seni qiladigan ishing yoʻqmi? Nega meni bezovta qilyapsan? --- Meni hozirda qiladigan yagona ishim siz, — u ham mashinasini toʻxtatib jilmaygancha davom etdi, — Balki suhbatni mashinada davom ettirarmiz?
